Yangilash 18-noyabr, 2020-yil
Savdoni moliyalashtirish
Savdoni moliyalashtirish (postfin) xizmatlarini ko’rsatish shartlari
Savdoni moliyalashtirish (postfin) xizmatlarini ko’rsatish shartlari
Savdoni moliyalashtirish (postfin) - qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan tovarlar importi bo’yicha tuzilgan tashqi savdo shartnomalarini xorijiy bank mablag’lari hisobidan moliyalashtirish
Postfin xizmati miqdori | Postfin muddati | Postfin xizmati bo’yicha belgilangan bank komissiyasi miqdori |
---|---|---|
import shartnomasining tasdiqlangan akkreditiv asosida to’lanadigan qismi | 12 oygacha | yillik 10-12% |
Postfin maqsadi:
- Savdoni moliyalashtirish ya’ni:
- Ishlab chiqarish asbob-uskunalari sotib olish uchun
- Avtotransport vositalari sotib olish uchun
Postfin xizmatining asosiy sharti:
- Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan import shartnomalarining to’lov sharti tasdiqlangan akkreditiv asosida bo’lishi
- 12 oygacha (asosiy qarzni har chorakda qaytarish sharti bilan) bo’lgan muddatga ajratiladi
Postfin ta’minoti:
- Bino-inshootlar
- Avtotransport va/yoki maxsus texnika vositalari
- Uchinchi shaxslarning kafilligi
- Sug’urta polisi
Taqdim qilinadigan hujjatlar:
- Ariza
- Biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma
- Moliyaviy hisobotlar
- Postfin ta’minoti hujjatlari
Garov bo’lsa:
- Mulkni baholash hisoboti
- Kadastr hujjatlari, texpasport va/yoki texnadzor
- Garovga qo’yish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni
Uchinchi shaxs kafilligi bo’lsa:
- Kafil bo’layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
- Auditor xulosasi
- Kafillik berish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni
- Ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnoma)
Sug’urta bo’lsa:
- Sug’urta shartnomasi va polisi
Xizmat turidan foydalanuvchilar:
- Tashqi savdo (import) bilan shug’ullanuvchilar