Xayriya
«Алокабанк» ежегодно реализует значимые социальные проекты.
Maktab xayriya jamg'armasi
Aloqabank Хalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasining Maktab hayriya jamg’armasiga mablag’lar qabul qilishni boshladi!
29 sentabr kuni, hayriya jamg’armasining kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan bolajonlarni qo’llab-quvvatlash uchun homiylik mablag’larini jalb etishda maktab rahbarlariga yordam beruvchi onlayn-platformasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Jamg’armaning vazifasi O’zbekiston Respublikasi maktab ta’limini rivojlantirishga hissa qo’shishdan iborat.
Siz ham maktablarga moddiy yordam berish orqali ushbu ijtimoiy loyihaning bir qismiga aylanishingiz mumkin. Saytda yordamni jamg’armaga yo’naltirish yoki aniq o’quv muassasini tanlash imkoniyatingiz mavjud: mfond.uz
Farzandlaringizning ta’limiga befarq bo’lmang!
Umumxalq xayriya hashari
2016 yil 20-21 avgust kunlari mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlangan umumxalq xayriya hashari bo'lib o'tdi. Ta'kidlash joizki, hashar asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib, buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan xalqimizning munosib fazilatidir. Buyuk bayram – O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida ko'cha va xiyobonlarning xalq tashabbusi bilan tartibga keltirilib, yashash joylarini obodonlashtirishdir.
Ushbu tadbir doirasida joriy yilning 20-21 avgust kunlari AT "Aloqabank" Bosh ofisi, amaliyot boshqarmasi va barcha hududiy filiallar xodimlari uchun umumxalq xayriya hashari o'tkazdi. Hashar davomida AT "Aloqabank" xodimlari tomonidan binolarning hovlilari, ko'chalari, ichki va tashqi qismlari tozalandi.
Hashar odamlarni birlashtiradigan, mehribonlik ,mas'uliyat va insoniylik kabi fazilatlarni mustahkamlaydigan tadbirdir.